Uchinchisi ziyodcha: Putin o‘z vakolati uzaytirilishiga qarshi

Checheniston parlamenti ilgariroq Vladimir Putinning vakolatini 2030-yilga qadar uzaytirish taklifi bilan chiqqan edi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi ushbu taklifga izoh berdi
Sputnik

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov juma kuni Checheniston Hukumatining mamlakat rahbari vakolatini ikkidan uch muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi, deb xabar qildi "Kommersant’" nashri.

Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu konstitutsion masala va prezident uni ko‘rib chiqmayapti. Shuningdek, u Putin bu masala bo‘yicha ko‘p marotaba o‘z pozitsiyasini bildirganligini ma’lum qilgan.

Putinning vakolatlarini 2030-yilga qadar uzaytirish taklifi bilan bir kun oldin Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov chiqqan edi. Respublika parlamenti Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklifini bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada may oyida prezident Vladimir Putinning inauguratsiyasi jarayoni bo‘lib o‘tdi. Putin mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 76,69% natija bilan g‘olib bo‘lgan edi.