TOShKENT, 8-maya — Sputnik. Armaniston Milliy majlisi mamlakat bosh vaziri lavozimiga "Fuqaro shartnomasi" muxolifatchi partiya raxbari bo‘lgan Nikol Pashinyanni sayladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Saylovning ikkinchi bosqichida Pashinyan nomzodi uchun "Yelk", " Sarukan Bloki" va "Dashnaksutun" partiyalaridan 59 nafar deputat ovoz berdi. Qarshi bo‘lganlar soni 42 kishini tashkil qildi.
Ayni damda hukumatni boshqarayotgan partiya (sobiq raqib partiya) a’zolarining bir qismi bergan ovozlar tufayli yangi bosh vazir saylash mumkin bo‘ldi.
Yangi bosh vazir vazifasida Pashinyan Yevroosiyo iqtisodiy sammitida (YeOII) ishtirok etishini xabar qildi.
Vaholanki, 1-may kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki ovoz berishda, parlamentda ko‘pchillikdan iborat bo‘lgan — Armaniston Respublikachilar partiyasi vakillari Pashinyanga o‘z ovozlarini bermagan va u saylanmagan edi.
Shundan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Pashinyan tarafdorlari bir necha kun davomida yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Aprel oyining boshida Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsan bosh vazir lavozimiga saylangan edi. Bundan oldin esa u mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritib, bosh vazirga juda katta vakolatlar bergan edi. Shundan so‘ng butun Armaniston bo‘ylab Pashinyan boshchiligida muxolifat namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bir necha kun davom etgan namoyishlardan keyin Sargsan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.