Armaniston prezidentlik boshqaruvidan voz kechmoqda

© Sputnik / Grand Xachatran / Mediabankka o‘tishYerevanda saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Yerevanda saylovlar bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovchilarning uchdan ikki qismi prezidentlik respublikasidan parlament boshqaruviga o‘tish loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Armanistonda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun o‘tkazilgan referendum yakuni e’lon qilindi. Fuqarolarning ko‘pchilik qismi — 63,35% — prezidentlik boshqaruv tizimi parlament boshqaruviga o‘zgarishi uchun ovoz berdi.

Yangi konstitutsiyaviy islohotga ko‘ra, mamlakat boshqaruv tizimi prezident respublikasidan parlament boshqaruviga o‘tadi. Hujjatga ko‘ra, Armaniston prezidenti 7-yil muddatga (hozir 5-yil) parlament deputatlari va mahalliy o‘zi-o‘zi boshqarish organlari vakillari tomonidan saylanadi. Armaniston prezidenti u yoki bu partiya a’zosi bo‘lishi ta’qiqlanadi. U, shuningdek, bir martadan ortiq muddatga saylanishi mumkin emas. Ijro hokimatining oliy organi hukumat hisoblanadi va u mamlakat ichki hamda tashqi siyosatini yuritadi. Shuningdek, davlat boshqaruviga to‘liq rahbarlik qiladi. Prezident bosh vazirni parlament saylovida g‘alaba qozongan partiyadan yoki partiyalar blogidan nomzod sifatida ko‘rsatishi mumkin.

Bir palatali parlament besh yil muddatga saylanadigan 101 deputatdan (hozirda ular soni 131 nafar) iborat bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0