Shomahmudovlar oilasining katta qizi Mirziyoyevni duo qilmoqda - hokimlik

Ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat ko‘rsatgan Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan "Xalqlar do‘stligi" deb nomlangan yodgorlik ansambli Toshkent shahri markazidagi maydonga qaytarilishini e’lon qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Shomahmudovlar oilasining xalqlar do‘stligini ifoda etib turuvchi haykallari Toshkent shahridagi "Istiqlol" san’at saroyining maydoniga ko‘chirilishidan xabar topgan Shomahmudovlar oilasining katta qizi — Xolida xola adolat qaror topganligini aytdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati. 

Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat ko‘rsatgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasining jasoratini alohida qayd etib, "tarixiy haqiqatni qaror toptirish, o‘zbek xalqining ezgu fazilati va qadriyatlarni abadiylashtirish uchun Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan xalqlar do‘stligi deb nomlangan yodgorlik ansamblini poytaxt markazidagi maydonga qaytarilishi"ni e’lon qilgan edi.

Mana shu xabardan keyin Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xodimlari Shayhontohur tumani Jarariq mahallasida yashovchi Shomahmudovlar oilasini katta qizi Xolida xolaning xonadonlarida bo‘lganlarida, Xolida xola bundan xabar topganini va mamnunligini, adolat qaror topdi deya, prezidentni qayta-qayta duo qilayotganini aytgan.

Xolida xola bugungi kunda ikki nevara, besh evara bag‘rida sog‘-salomat hayot kechirmoqda, deyiladi xabarda.

Xolida (Olga) Shomaxmudova so svoim semimesachnim pravnukom Muxammadumarom

"Shu kunlarga yetib kelganimga shukr. Hamma bo‘layotgan xayrli ishlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rayotganimga shukr", — degan Xolida xola va hazil o‘rnida "9 may kuni uzun limuzin mashinasida dodamning nomi qaytgan maydonga olib boringlar", degan kulib.