TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Nogironlar hayotidagi jinsiy muammolar yangilik emas. Yevropada salomatligidagi muammolarga ega odamlarga intim yordam xizmati mana 20-yildirki faoliyat ko‘rsatib keladi, ammo Chexiya Respublikasida u 2015 yilda, u yerda besh nafar seks-assistentkalar instruktaj ko‘rsatganidan so‘ng paydo bo‘lgan.
- Ko‘pchilik intim yordamni fohishabozlikning bir shakli, deb hisoblaydi.
— Bu yerda gap faqat jinsiy yaqinlikda emas.
Organizmda shahvoniy energiya keragidan ortiq bo‘lsa, odamlar agressiv, jahldor, tajang bo‘lib qoladilar. Bu esa ruhiyatda muammolarni keltirib chiqaradi. Shahvoniy energiya chiqib ketgach, inson bo‘shashadi va ancha hotirjam bo‘lib qoladi.
O‘ttizga kirgan va umuman jinsiy aloqa qilmagan odamlar bor. Ular yolg‘izlikka mahkum etilgan. Kimningdir jufti bor, lekin ular o‘rtalarida intim aloqa yo‘q… Biz jismoniy va aqliy defektlari bor odamlarga yordam beramiz.
- Bunday turdagi xizmatlarga qiziqish ortaptimi? Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiyada faqat besh nafargina seks-assistent ayollar faoliyat yuritar ekan.
— Ha, bu juda kam, ammo loyiha bor-yo‘g‘i uch yil oldin paydo bo‘lganligini inobatga olish zarur. Buning uchun juda ko‘plab ruxsatnomalar olib, ulkan miqdordagi hujjatlarni imzolash talab etildi. Shveysariya, Germaniya, Niderlandlarda bunday xizmat turlari 20-yildan buyon mavjud, bizda esa endi yo‘lga qo‘yilmoqda.
- Assistent ayollar nimaga va qanday o‘rgatiladi?
— Biz psixikasida buzilishlar kuzatilgan odamlar nazoratda bo‘lgan statsionarlarda bo‘ldik. Turli ma’lumotlarni o‘rgandik: masalan, orqa miya defektlari shahvoniylikka qanday ta’sir ko‘rsatishini. Biz bilan birga tantra massaj (tantricheskiy massaj) mutaxassislari mashg‘ulotlar o‘tkazdilar…
Shahvoniy assistent vazifasini faqatgina o‘zgalarga dardkash bo‘la oladigan odam bajara oladi. Bu faqatgina ko‘p narsani boshdan kechirgan odamning qo‘lidan keladigan ish. Misol uchun men hali intim xizmatga kelmasimdan oldin nogironlar bilan ishlaganman va bu borada men uchun noyob narsaning o‘zi yo‘q.