"Islom davlati" jangarilari Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyoga qaytmoqda - Shoygu

Rossiya Mudofaa vaziri Osiyodagi terrorchilar nimasi bilan xavfli ekanligi haqida gapirdi
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari Suriya va Iroqdan Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyoga o‘tishmoqda, deya bayonot qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Moskva "Islom davlati" Markaziy Osiyoga hujum qilmoqchi, deya ogohlantirdi
"Islom davlati" deb atalmish tashkilot tor-mor etilgach, Suriya va Iroqdagi jangarilar boshqa hududlarga, shu jumladan, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyoga ko‘chib o‘tishmoqda. U yerda yangi terrorchilik yacheykalari vujudga kelmoqda", — deb bayonot qildi Shoygu Pekinda bo‘lib o‘tgan ShHT mamlakatlari Mudofaa vazirlari majlisida.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni murakkablashtirayotgan narsa shuki, terrorchilar zamonaviy qirg‘in qurollaridan foydalanishmoqda, ular orasida zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari ham bor.

"Xususan, Suriyada jangarilar tomonidan qo‘llanilayotgan uchuvchisiz apparatlar 100 kilometrdan ortiq masofadan turib harakat qilish xususiyatiga ega. Rivojlangan mamlakatlar texnik yordamisiz ularni yaratib bo‘lmaydi. Aholi soni ko‘p hududlarda bunday qirg‘in vositalaridan foydalanish fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin", — deb ta’kidladi Shoygu.

Ilgariroq, Shoygu Rossiya ODKBga a’zo davlatlarga jangarilar kirishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rayotgani haqida bayonot qilgan edi.