Jizzax va Navoiy viloyatlarida IIB rahbari o‘zgardi

Portfel s dokumentami
Jizzax va Navoiy viloyatlari IIBi hamda Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tarkibida kadrlar o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Bu haqida vazirlik sahifasida xabar qilingan.

Akademiya MVD
IIV o‘quv yurtlarini bitirganlar 5-yil ishlab beradi yoki o‘qish pulini to‘laydi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Jizzax va Navoiy viloyatlari IIBlariga hamda Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga general-mayor Qodirov G‘ayrat Toirovich tayinlandi.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimigapolkovnikTursunov Rustam Raxmonovich tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga mayor Nishanov Shuxrat Yusupovich tayinlandi.