Shakl va mazmun: o‘zbek armiyasi nega libosini yangilamoqda

Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko harbiy kiyimlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Sputnik

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mamlakat harbiy xizmatchilari uchun mo‘ljallangan harbiy kiyim namunalarini havola etdi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev harbiy liboslar milliylikni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerakligini, bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarurligini ta’kidlagandi. Masalaning dolzarbligi bo‘rttirilmagan, zero gap kamuflyajga aylantirilgan oddiy kiyim haqida emas, armiyaning jangovar tayyorgarligi haqida bormoqda.

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan bo‘lishi kerak - prezident

Harbiy libos jismoniy va harorat ta’sirlariga chidamli bo‘lishi, poligonlarda "oqadigan" terni o‘ziga yaxshi shimib olishi va bug‘lashi, sovuq havoda isitishi va yoz jaziramasidan saqlashi, turli ashyolarni olib yurish uchun qulay bo‘lishi darkor. Mato issiqda mash’aladek yonmasligi (janglarda BMP va tanklar yonadi) yoki yomg‘irda ivib ketmasligi kerak. Poyabzal ham harbiy xizmatchini ham sovuqdan, ham sahrodagi 80 darajali qaynoq qum olovidan saqlashi lozim. Shu bilan birga, libos qulay va bejirim bo‘lishi kerak.

O‘ttiz yillik harbiy xizmat davomida men turli sifatdagi, turli o‘zgarishlarga uchragan kiyimlarni turli iqlim sharoitlarida kiyib ko‘rganman. Balki menday amaliyotchining qarashlari foydadan xoli bo‘lmas.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi saytida qator harbiy kiyimlar namunalari berilgan. Biz ayrim namunalarni birinchi navbatda mo‘ljallangan holatga muvofiqligi va respublikaning keskin iqlimiga (qishda —12 darajadan yozda +37 darajagacha harorat) mos kelishi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz.

Ayyor sintetika

Kapushonli qishki dala kurtkasi ofitser va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarga xizmatni o‘tash, dala mashqlari va jangovar harakatlar vaqtida kiyish uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Kurtkaning tashqi qismi yuqori darajadagi mustahkamlikka ega "Rip-stop" ip tolasi (60%) va poliester (40 %) matodan tayyorlangan. Bu matodagi kichik teshiklar, yirtiq yoki kesilishlar uning yirtilishda davom etishiga va yirtilgan joy kattayib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi ("rip" — yirtilish va "stop" — to‘xtatish). Kurtka yomg‘ir va shamoldan himoya qiladi, uchqundan alanga olmaydi. Bundan tashqari, xollofayber deb nomlanuvchi isituvchi mato qoplangan. Isituvchi matoning qalinligi tog‘lardagi qishki haroratga javob beradigan bo‘lsa, baribir 100 % kimoviy toladan tashkil topgan astar ikkilanish uyg‘otadi.

Varianti novoy formi dlya voyennoslujashix Uzbekistana

Mening fikrimcha, haddan ortiq sintetika – harbiy xizmatchining dushmani, chunki u elektrlashadi va qorong‘ida nurlanib, dushmanga nishon bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Rossiya armiyasi shunday kurtkalar bilan ta’minlanganida (2010 yil) ular —15 darajadan past haroratda isita olmagan (shamollash kasalliklari ortib ketgan), tik yoqasi esa bo‘yinni shilib tashlagan. Umuman olganda, amerikaliklar libosini asos qilib olish xato qaror bo‘lib chiqqan.

O‘zbekistonda Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi

Rossiya harbiylarining yangi avlod libosi minglab harbiylarning fikrlari asosida ishlab chiqilgan. Bu kiyim matosi 65% paxta va 35% polimer materiallardan tashkil topgan. Har bir askar ob-havo sharoiti va oldiga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib o‘ziga kerakli unsurlarni tanlashi uchun harbiy libos turli variantlarda tayyorlangan.

Yozgi va kundalik (ofis uchun) kiyimlar ham "Rip-stop" va 100% kimoviy tola formulasini takrorlaydi.

Hattoki "Polo" ko‘ylagi ham issiq havoda odamni "tishlaydigan" va badanga yopishib qoladigan 35% sintetikadan tashkil topgan. Poligonlarda esa kir yuvish masalasi muammo hisoblanadi.

Varianti novoy formi dlya voyennoslujashix Uzbekistana

Sobiq sovet armiyasining paxtadan tikilgan kiyimlari bir haftada qancha ter va tuzni o‘ziga shimib olsa ham yaroqliligini yo‘qotmaganligini bugungi kunda kamdan-kam odam eslasa kerak (faqatgina yoqa ichidagi oq mato almashtirilardi).

Kiyim – qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining ajralmas qismi. Shu bois mato tarkibi borasida tejamkorlik qilmaslik kerak. Sintetika qancha kam bo‘lsa, qulaylik va chidamlilik shuncha ko‘p, jangovar tayyorgarlik shuncha yuqori bo‘ladi.

Poyabzal ham qurol

Armiya etiklari va paytavalar allaqachon o‘tmishda qolib ketgan. Ammo qo‘njli botinkalar muhokama uchun mavzu bo‘lib qolishi ularning urfda ekanligidan darak beradi. Ular yengil va qulay yoki og‘ir, charchatuvchi bo‘lishi mumkin. Ko‘p narsa xom ashyo va ishlab chiqaruvchi firmaga bog‘liq. Odatda, bunday botinkalar yozda issiq, qishda sovuq bo‘ladi. Askarning oyog‘i esa jang maydonidagi harakatning asosi hisoblanadi.

Yana bir muhim unsur – jangovar holat va poligonlarda kir yuvadigan mashina hamda issiq suv bo‘lmaydi, shu bois bunday poyabzallar paypoq zaxirasini talab qiladi. Yaqin vaqtlargacha Rossiya armiyasida askar uchun yiliga 12 juft paypoq berilardi, bu oz. O‘ttiz kilometr yo‘l bosgan askarning paypog‘i va oyog‘i qanday holatda bo‘lishini tasavvur qilish oson.

Armeyskie bersi dlya uzbekskoy armii

Ta’kidlash joiz, o‘zbek armiyasi faqatgina paradlarda qatnashish uchun tashkil etilmagan. Xudo ko‘rsatmasin, jiddiyroq jangovar holat yuz bergudek bo‘lsa, armiyaga oq yoqalar, etik va paytavalar birpasda qaytishi mumkin (ular ancha qulay va sintetikadan ko‘ra gigiyenikroq). Aytishadi-ku, GLONASS — yaxshi, ammo etik ichidagi topografik xarita bilan hech qachon yo‘ldan adashmaysan.

Ishonchim komil, harbiy poyabzallar ishlab chiqarish bilan modelyerlar emas, jiddiy ilmiy-tadqiqot institutlari shug‘ullanishi shart. Zamonaviy harbiy kiyim yaratish uchun umumxalq muhokamasi emas (milliy xususiyatlar hisobga olingan holda), balki bu kiyimlarning jangovar holatini ekstremal sharoitlar – yozda cho‘lda va qishda tog‘da butun armiya miqyosida sinab ko‘rish kerak bo‘ladi. Yangi liboslar ana shunday (uzoq) sinovlardan keyingina ular uzoq yillar davomida yuqori samaradorlik bilan xizmat qiladi.