Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan bo‘lishi kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishidi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Samarqand viloyatiga bo‘lgan tashrifining ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishidi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezidentga ushbu tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi qurol-aslaha,  aloqa vositalari va kiyim boshlari haqida axborot berildi.

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev v Samarkande oznakomilsya s deyatelnostyu Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida, vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta’kidladi. 

Bo‘linmada Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi va o‘z tavsiyalarini berdi.

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur, — dedi davlat rahbari.

Milliy gvardiya bo‘linmasiga uyushtirilgan tashrif Samarqand viloyatiga bo‘lgan safarining yakunlovchi nuqtasi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0