TOShKENT, 16 apr — Sputnik. AQSh tez orada Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga tayangan holda CBS News xabar qildi, deb yozgan RIA Novosti.
Ilgariroq "Kommersant" gazetasi tayyorlanayotgan sanksiyalar haqida ogohlantiruv maktubini AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xantsman Rossiya TIVga taqdim etganini xabar qilgan edi.
Maktubning birinchi qismida AQSh va uning ittifoqdoshlari Suriyada o‘tkazgan kuch operatsiyalari motivlari keltirib o‘tilgan.
Ikkinchi qismida Vashington "Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun" Moskvaga qarshi sanksiyalar yangi paketini tayyorlayotgani haqida ogohlantirgan.
Suriyadagi tajovuzkorlik akti
Shanbaga o‘tar kechasi AQSh, Britaniya va Fransiya Suriya hududi bo‘ylab yuzdan ziyod raketalarni uchirdilar. Uch kishi jabrlangan. Suriya raketalarga qarshi mudofaa tizimi raketalarning aksariyat qismini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Vashington o‘z harakatlarini Dumadagi "kimoviy hujumga" javob tariqasida izohlagan. Ammo shu bilan birga Damashq tomonidan ta’qiqlangan qurollardan foydalanganlik haqida birorta dalil keltirilmagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sodir etilgan hujumni "Terrorizmga qarshi kurashda oldingi safda bo‘lgan mustaqil davlatga qarshi zo‘ravonlik harakati" sifatida baholagan edi.