TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan.
Hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanida sodir bo‘ldi, deb xabar qilgan "Rosbalt".
Nashr xabariga ko‘ra, 29 yashar o‘zbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, erkak yog‘och zinapoyadan zinapoya oralig‘iga tushib ketgan.
Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib kelingan.
Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari ro‘y bergan hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.