O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Yangi ko‘rinishdagi maktab formalari tajriba sifatida Toshkent shahridagi 91 maktab va Sirdaryo viloyatidagi 4 maktablarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ikkita maktabda yangi ko‘rinishdagi maktab formalari sinovdan o‘tkazila boshlandi, deb xabar qimoqda Sputnik muxbiri.

Yangi maktab formasini ishlab chiqarishda  O‘zbekiston To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi hamda “Sharq liboslari” dizayn markazi hamda bir necha modelyerlar tanlov asosida jalb qilingan.

Maktab formasi yoshiga qarab uch guruhga bo‘lingan: 1-4, 5-7 va 8-11 sinflar uchun. Sinovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan 30ta namunalardan har bir guruh uchun to‘rttadan kiyimlar jamlanmasi tanlab olindi.

V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu

“Tajriba sofligini ta’minlash maqsadida, ikki maktabda bir necha xil formani bir vaqtning o‘zida sinovdan o‘tkazishga qaror qilindi. O‘quvchilarning ota-onalaridan o‘z izohlarini alohda kartalarda qayd etish so‘raldi. Xususan, tajribada yangi maktab formasining bolalar uchun qulayligi,  chidamliligi, yuvilganidan keyin qanchalik kichraysh-kichraymasligi va matoning yumaloq tugunchalar bilan paydo bo‘lish-bo‘lmaslik xususiyatlari o‘rganildi”, — deyilgan assotsiatsiya xabarida.

Toshkentda bo‘lajak maktab formasi namunalari taqdim etildi

Dizaynerlar aytishiga qaraganda, yangi maktab formasini ishlab chiqishda uch mavsum sharoitlari hisobga olingan – kuz, qish va bahor. Undan tashqari O‘zbekistonning turli hududlari iqlimi, milliy mentalitet, tozalik normalari va bolalar yoshi ham hisobga olingan. Yangi maktab formasi ishlab chiqarishda asosan mahalliy gazmol va furnituralardan hamda natural materiallardan foydalanilgan.

“Men maktab formasining 18 xil modelin tayyorladim. Ular rangi, shakli va foydalanilayotgan gazmollari bilan ajralib turadi. Har bir model to‘rt buyumdan iborat: shim, jilet, pidjak (kurtka) va ko‘ylak. Qizlar uchun esa ko‘ylak, jilet, jaket (kurtka) va sarafan (yubkadan) ibort. Bir komplektning narxi 140 – 200 ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda”, — dedi Gulrux Jo‘rayeva “Sharq liboslari” dizayneri.

O‘zbekistonda yagona maktab formasi joriy etiladi

Maktab formasini tanlash bo‘yicha tajriba ushbu yilning oxiriga qadar yakunlanishi kerak, chunki kelasi o‘quv yilidan boshlab barcha maktablarda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi formalarni doriy etish rejalashtirilmoqda. Har bir o‘quv muassasaning rahbariyati va ota-onalarga tasdiqlangan ko‘rinishdagi bir necha xil formalardan birini tanlab olish taklif etiladi. Maktab formasi maxsus magazinlarda sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yagona ko‘rinishdagi maktab formasini joriy etish bo‘yicha tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan yil boshida taklif qilingan edi. Prezident fikriga ko‘ra, maktab o‘quvchilari ko‘rinishi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qilmasligi va ijtimoiy tengsizlikni his qilmasliklari kerak.