TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Tibbiyotchilar dunyodagi eng achchiq "Karolinalik o‘roqchi" qalampiri inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandilar. Ular o‘z kuzatuvlarini BMJ Case Reports jurnalida e’lon qilgan.
Kompyuter tomografiyasi miyada bir necha arteriyalar qisqarganini aniqlagan. Shifokorlar erkak miyada qon aylanishi buzilishi dardidan aziyat chekayotganini aniqlaganlar. Bunday vaqtda o‘tkir bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
Oradan besh hafta o‘tib hammasi normaga tushgan: og‘riqlar bemorni tark etgan, arteriyalar ham avvalgi holatiga qaytgan.
"Karolinalik o‘roqchi" — dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan chili navidir. Har yili butun dunyo bo‘yicha odamlar qalampirni eng tez yeyish bo‘yicha rekordni yangilashga urinadilar. Ayni vaqtda rekord Ueyn Aldjenioga tegishli, u 2016 yilda 119 gramm qalampirni bir daqiqa ichida yegan.