AQSh Davlat departamenti Qatarga 5 ming dona lazerli raketalarni sotish qarorini ma’qulladi

Qatar Amiri Tamim bin Hamad Al Taniy Vashingtonga tashrif buyurdi. U bugun Donald Tramp qabulida bo‘lishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. AQSh Davlat Departamenti Qatarga umumiy summasi 300 million dollarlik besh ming dona yuqori aniqlikdagi lazerli raketalarni sotish imkoniyatini ma’qulladi, deb xabar qildi Pentagonning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik agentligi. RIA Novosti xabari asosida.

Arab mamlakatlari Qatarni qamal qilishni davom ettiradi
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, gap Advanced Precision Kill Weapon Systems (APKWS) II raketalarini yetkazib berish haqida bormoqda. Shartnomaga logistika, personalni tayyorlash, texnik nazorat va boshqa xizmatlar kiritilgan.

"Bu Qatarga uning yangi AH-64E vertolot parkiga qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etish yo‘li orqali yangi harbiy maqsadlariga erishishga yordam beradi. APKWS Qatarga unchalik qimmat bo‘lmagan yuqori aniqlikdagi zarba salohiyatini taqdim etadi, bu zararlarni kamaytiradi va kontrterroristik operatsiyalar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi… Taklif etilayotgan kelishuv mintaqadagi harbiy muvozanatni o‘zgartirmaydi", — deyiladi xabarda.

Qurol sotish ehtimoli haqidagi xabar Qatar Amiri Tamim bin Hamad al-Taniyning Vashingtonga tashrifi arafasida paydo bo‘ldi. Amirni seshanba kuni, ya’ni bugun AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda qabul qiladi.

Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi
Ilgariroq amerikalik yetakchi o‘z qarorgohida Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammadni qabul qilgan edi. Shundan so‘ng tez orada Qirollikka umumiy summasi 1,31 milliard dollarlik o‘zi harakatlanadigan gaubitsalarni yetkazib berishga ruxsat berilgani haqida e’lon qilindi.

So‘nggi oylarda neft va gaz ishlab chiqish bo‘yicha jahonda yetakchi sanalgan Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi munosabatlar inqirozga yuz tutgan. Ar-Riyod va uning ittifoqdoshlari Doxa hukumatini terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. AQSh prezidenti Tramp ilgariroq ushbu mojaroni hal etishda vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan edi.

Dushanba kuni, shuningdek, AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis Qatar amiri bilan havfsizlik masalalarini, shu jumladan, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.