TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tdi, unga qarata o‘t ochilgan vaqtda u O‘zbekiston hududida bo‘lgan.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tuzilmalaridagi manba xabar qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani buzgan shaxsga dastlab ogohlantirish berilgan, so‘ngra havoga o‘q uzilgan, ammo u to‘xtamagan va kamiga harbiylardan qocha boshlagan.
Chegara oldi hududiga qaysi maqsadlarda kirishga urinilgani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Qirg‘iziston tomonga ko‘ra, Qurulush qishlog‘i yashovchisi, 1984-yilda tug‘ilgan F.M o‘zbek chegarachilari unga qarata o‘t ochishgan vaqtda u Qirg‘iziston territoriyasida bo‘lgan.
Olingan jarohatlardan F.M. Kerben shahri kasalxonasida vafot etgan.
Ushbu hodisa kuni kecha, 7-aprel kuni sodir bo‘lgan.