O‘zbekistonda plastik kartadan naqd valyutani yechib olish operatsiyalari boshlandi

Mijozlar kartalaridan ko‘pi bilan 500 dollargacha pul yechishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Konversion kartalardan naqd valyuta yechish operatsiyalari boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Markaziy bank I-chorakda narxlar barqarorlashganligini ma’lum qildi

Tijorat banklaridan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hech qanday navbat va ajiotaj kuzatilmayapti.

Mijozlar kartalaridan ko‘pi bilan 500 dollargacha pul yechishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Markaziy bankka 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etish vazifasi topshirilgandi.