O‘zbekistonga Belarusning yangi elchisi tayinlandi

Abdulaziz Kamilov Leonid Marinich bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzularni muhokama qildi
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarusning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi.

O‘zbekiston va Belarus hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolaydi

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqildi.

Tomonlar shuningdek, Minsk shahrida O‘zbekiston elchixonasi faoliyat boshlashining amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Leonid Marinichni elchi qilib tayinlar ekan, uning asosiy vazifasi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ekanligini bildirgandi.

Prezident O‘zbekiston rahbariyatiga Shavkat Mirziyoyev kelganidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar faol rivojlanayotganini e’tirof etgandi.

Shu bilan birga Lukashenko yaqin vaqtlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishini qayd etgandi.