O‘zbekistonda tadbirkor suvenir dollarlarga aldandi

Muqaddam sudlangan shaxs ishonuvchan tadbirkorga suvenir bo‘lgan yetti ming yetti yuz ellik dollarni topshirib, evaziga 36 ming uch yuz ming so‘mlik "oynalarni olib ketgan
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Muqaddam sudlangan A.Safarov tadbirkorga suvenir bo‘lgan yetti ming yetti yuz ellik AQSh dollarini berib aldadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Toshkentda 53ta mashinani ijaraga olib sotib yuborgan firibgar qo‘lga olindi
Xabarda suvenir dollarlarga aldangan shaxs — "Glass ekspo" MChJ rahbari X.Po‘latov ekanligi aytilgan. U joriy yil 16-fevral kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o‘zini "Bekzod" deb tanishtirgan noma’lum shaxsga 36 ming 300 ming so‘mlik oynalarni suvenir dollar evaziga berib yuborganligini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar tadbirkorning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini "Sirdaryo viloyati Guliston shahrida "Akfa" romlarni yasash bilan shug‘ullanaman" deb aldagan. So‘ngra umumiy qiymati 36 ming 300 ming so‘mlik oynalarni sotib olishga kelishib, oynalarni Sirdaryo tumani hududida kutib olib, oq polietilen paketga skotch bilan o‘ralgan suvenir bo‘lgan 7 ming 750 AQSh dollarini garov sifatida bergan.

Ammo bu ham hammasi emas. Firibgar oynalarni Guliston shahrida joylashgan "Lord savdo invest" xususiy korxonasi rahbari, X.Axmedovga sotib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi, maqaddam sudlangan, 1989-yilda tug‘ilgan A.Safarov sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.