TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “Lukoyl” avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasining rasmiy ochilish marosimi 20-mart kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz
Kompaniya vakili aytishiga qaraganda yangi ochiladigan “Lukoyl” AYoQShida EURO-5 standartiga mos yuqori sifatli dizel yonilg‘isi, AI-92 va AI-95 markali benzin sotiladi. Yonilg‘i narxlari shaxobcha ochilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Toshkentda Lukoyl kompaniyasiga tegishli AYoQSh 2017-yilning yanvarida qurib bitkazilgan, lekin haligacha ishga tushirilmagan edi. Rossiyaning "Lukoyl" klmpaniyasi O‘zbekiston bozoriga o‘z yonilg‘isi bilan chiqmoqda. Ya’ni Rossiyada ishlab chiqarilgan benzin va dizel yonilg‘isi O‘zbekistonga import qilinadi.
Rossiya kompaniyasi dastlabki bosqichda Toshkent Halqa yo‘li atrofida AYoQShlar tarmog‘ini qurishni rejalashtirgan, keyinchalik esa shaxobchalar butun respublika bo‘ylab paydo bo‘ladi.