TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Moskvada istiqomat qiluvchi ayol o‘z kvartirasida pul evaziga ikki oy ichida 220 ta migrantni ro‘yxatga qo‘ygan. Bu haqda IIB Shimoliy ma’muriy okrugi matbuot xizmati.
"G‘arbiy Degunino tumani ichki ishlar hodimlari pul evaziga xorijiy fuqarolarni hisobga qo‘ygan ayolni qo‘lga olishdi. 2017-yil dekabrdan 2018-yil fevral oyiga qadar 42 yoshli Moskvada istiqomat qiluvchi ayol pul evaziga o‘zining kvartirasida 220 ta xorijiy fuqaroni ro‘yxatga qo‘ygan. Ayol ushbu fuqarolar shu kvartirada yashamasligini oldindan bilgan", — deyilgan xabarda.
Ushbu ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.2 — moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu modda talablariga ko‘ra 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo‘llanishi nazarda tutilgan.
Gumonlanuvchidan ehtiyot chora sifatida mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olingan.