O‘zbekistonda serjantlar maktablari faoliyati yakunlandi

Mudofaa vazirligi tizimidagi Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi
Sputnik

TOShKENT, 13 mar – Sputnik.Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bundan buyon serjantlar tarkibi Samarqand Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.

Mazkur ta’lim muassasasida 11 yo‘nalishbo‘yicha: muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti ta’minoti,

Mudofaa vazirligi oliygohlariga yagona tanlov asosida o‘qishga kirish mumkin
zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish, artilleriya va quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, radioelektron razvedka kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 6 oy davomida kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim yakunida harbiy xizmatchilarga kichik serjant unvoni beriladi.

Markazning 3 oylik qayta tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.

Oldin O‘zbekistonda serjantlar maktablari 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlar  3 va 9 oylik o‘quv kurslaridan so‘ng serjantlar tarkibiga o‘tkazilaredi. Serjantlar maktablari 26 yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis va kichik komandirlarni tayyorlanar edi.