"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Il-114 samolyotlarini almashtiradi

Samolet Il-114-100
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Airbus A-320 samolyotlarini xarid qilish rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK may oyiga kelib 7 ta Il-114-100 samolyotlarini foydalanishni tugatib, Airbus A-320 samolyotlarini xarid qilish choralarini ko‘radi. Bu haqda RIA Novosti milliy kompaniyada manbaasiga tayangan holda xabar qildi.

Bukinisticheskie knigi
O‘zbekiston poyezdlari va samolyotlarida kutubxonalar tashkil etiladi

"Shu yil aprel oyiga qadar Il-114-100 rusumli 7 ta samolyotlarining foydalanishni to‘xtatish rejasi bor", — dedi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorni qabul qilish "O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlar parkini unifikatsiyalashtirish va faoliyatni rentabelligini oshirish bilan bog‘liq.

Il-114 samolyot o‘rniga Airbus A-320 xarid qilish rejalashtirilgan. Eskpluatatsiyadan chiqarilgan samolyotlar xususiy investorlar va kompaniyalar bilan foydalaniladi.

Hozirda milliy aviakompaniya 7 ta Il-114-100 rusumli samolyotlardan foydalaniladi. Ular 2006-2013 yillarda V.Chkalov "Toshkent aviatsiyasozlik" uyushmasida yig‘ilgan.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari
"O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchilarga yangi dizayndagi yo‘l to‘plamlarini taklif etadi

Il-114 samolyotlari viloyatlar bo‘ylab parvozlar uchun mo‘ljallangan. Aviasozlik uyushmasi Il-114 samolyotini takomillashtirish bo‘yicha dasturni boshladi. 2020-2021 yillarda Il-114-300 samolyotlarini yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda. Ishlab chiqarish Nijniy Novgorod va Luxovis shaharlarida "MiG" va "Sokol" samolyotsozlik zavodlarida amalga oshiriladi.

Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin 2017-yil oktabr oyida amalga oshirilgan tashrif chog‘ida rossiyalik mutaxassislar Toshkent mexanik zavodini Il-114 samolyotini kooperatsiyasiga kiritish masalalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.