Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

6 mart kuni Suriyada An-26 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 33 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xmeymim aerodromida An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

An-26 aviahalokati oqibatida Rossiya 27 nafar zobitidan ayrildi

“Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni Suriyada An-26 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 33 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

To‘ldirilgan va aniqlashtirilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi — rossiyalik harbiy xizmatchilar, ularning 27 nafari zobitlar, shulardan biri general-mayor unvoniga ega. Qolganlari praporshik va shartnoma asosida xizmat qilayotganlardir, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida.

Mudofaa vazirligi samolyotga zarba berilmaganligini tasdiqlagan.