TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Amerikalik generallar Putinning murojaatini og‘izlarini ochib tomosha qilishgan, Sputnik radiosi efirida harbiy tahlilchi Viktor Baranes.
"Nima bo‘ldiki, harbiy komponent Rossiya prezidentining Federal kengashiga murojaatining yadrosini tashkil etdi… Putinning bu bayonoti u bizning armiyamiz va mudofaa majmuamizni nimaga olib kelgani va uning barcha tahdidlarga qarshi javob qaytarishga tayyorligi haqida", — dedi Viktor Baranes.
Ekspert Rossiya yetakchisi o‘z murojaatnomasida nafaqat Rossiya Federal kengashi, balki AQSh Kongressi, shuningdek, NATO shtab-kvartirasiga ham murojaat etganini tushuntirdi.
G‘arbning bu murojaatga reaksiyasi ayyyorona va yolg‘onga sug‘orilgan bo‘ldi, deydi Baranes. Ekspert bunda G‘arbning "Putinning so‘zlaridan hayratlanmagani va barchasi haqida avvaldan bilishlari" haqidagi bayonotlarini nazarda tutayotganini aytdi.
"Ammo amerikalik generallar Putinning chiqishini og‘izlarini ochib tomosha qilishganini aytishmoqda", — deb qo‘shimcha qildi iste’fodagi polkovnik.
Baranes, bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar bugungi kunda "sovuq urush"ning eng qizg‘in pallasida ekanligini ta’kidlagan holda, Rossiya prezidenti mamlakat armiyasining qayta qurollantirilgani haqidagi yangilikni vaqtida e’lon qilganini qayd etdi.