Putinning bayonotidan keyin Pentagon fuqarolarni tinchlantirishga qaror qildi - ekspert

Vladimir Putinning Federal kengashga murojaati haqida gapirar ekan, siyosatshunoslar shunday xulosaga kelishdi:"G‘arbga bu qadar ochiq chaqiriqni uzoq vaqtdan buyon birinchi marta eshitishimiz. Putin tashqi siyosatda ultimatumni ilgari surdi, u AQShning Rossiya manfaatlariga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlari oqibatsiz qolmasligiga ishora qildi"
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yangi turdagi strategik qurol-yarog‘lar haqidagi so‘zlariga Pentagonning reaksiyasi AQSh fuqarolarini tinchlantirishga qaratilgan, dedi RIA Novostiga Rossiya Mudofaa vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi a’zosi, harbiy ekspert Igor Korotchenko.

Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdid va dushmanni ma’lum qildi
Ilgariroq Putin Federal kengashda Rossiya Federatsiyasining yangi qurollarini namoyish qilgach, Pentagon bunga munosabat bildirgan edi.

Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt "AQSh Putinning gaplaridan "hayratga tushmaganini" va "nima bo‘lgan taqdirda ham o‘z davlatini himoya qilishga tayyorligiga" ishonchi komilligi haqida bayonot qilgan edi. Shuningdek, Putinning chiqishi vaqtida "AQShga hujum" aks ettirilgan videoroliklarning namoyishi AQSh Davlat departamenti tomonidan "mas’uliyatsiz"deya baholandi.

"Pentagonning bayonotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning chiqishidan so‘ng ruhiy ta’sirni pasaytirishga qaratilganini tushunish kerak. Putin Shtatlarga tahdid qilmadi, u shunchaki, AQShning raketaga qarshi global mudofaa tizimini yaratishga bo‘lgan har qanday urinishi muvaffaqiyatga olib kelmasligini, yadroviy qurollar sohasidagi mavjud ustuvorlik, AQSh bunga qanchalik harakat qilmasin, hech qachon o‘zgarmasligi haqida ogohlantirdi" — dedi Korotchenko.