TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yangi murakkab holatlarni bartaraf eta oldi, mamlakat yaxlitligi ta’minlandi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin murojaatida.
"Biz bor e’tiborimizni, bor kuchimizni bir mushtga jamlab og‘ir va samarali mehnat qilish uchun irodamizni ko‘rsatishimiz shart. Bunday qilmasak – bizning ham, farzandlarimizning ham, mamlakatimizning ham kelajagi bo‘lmaydi. Gap kimdir kelib yerlarimizni bosib olishi haqida bormayapti. Gap mutlaqo bu haqda emas. Biz uchun eng asosiy tahdid va dushman – qoloqlik. Agar vaziyatni o‘zgartirmasak, qoloqligimiz yanada kuchayadi", — dedi Putin.
Rossiya prezidenti har yili Federal yig‘inga mamlakatdagi holat hamda ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida murojaat yo‘llaydi. U Rossiyaning yaqin istiqbol uchun rivojlanishning strategi yo‘nalishlarini ifodalovchi dasturiy siyosiy-huquqiy hujjatdir.