TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy agar saylovda g‘olib chiqqudek bo‘lsa, mamlakatda eng qattiq diktatorlik rejimini kiritish va’dasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Jirinovskiy shuningdek, "Rossiya boy davlatga aylanganda" "eng kuchli ikkita partiyani" tashkil qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.
"Har gal mana shu partiyalar vakillari prezident bo‘ladi", — deb qo‘shimcha qilgan LDPR yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentligiga saylovlar 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Sakkiz kishi nomzod tariqasida ro‘yxatga olingan: Sergey Baburin ("Rossiyskiy obshenarodniy soyuz" partiyasi), Pavel Grudinin (KPRF), Vladimir Jirinovskiy (LDPR), Vladimir Putin (mustaqil nomzod), Kseniya Sobchak ("Grajdanskaya initsiativa"), Maksim Suraykin ("Kommunisti Rossii"), Boris Titov (Partiya rosta), Grigoriy Yavlinskiy ("Yabloko").