TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlar realizatsiyasini tubdan takomillashtirish qaroriga muvofiq "O‘zvinosanoat-xolding" AJ va uning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi "O‘zsharobsanoat" AJ va "O‘zsharobsanoat" AJning Rivojlantirish jamg‘armasi deb qayta nomlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda har yili respublikada vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda o‘tkazilishi joriy etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi doimiy asosda "O‘zsharobsanoat" AJga mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va muassasalarni keng jalb etgan holda har yili vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazishda; mahalliy vinochilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda o‘tkazishda ko‘maklashadi.