O‘zbekistonda 22ta oltin konlari o‘zlashtiriladi

Jumladan 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish hisobiga 50ta 3 yangi konlarni sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan 22 tasi oltin, 3 ta uran, 2 rangli metallar va har xil noruda foydali qazilmalar
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 10lik davlatlari ro‘yxatiga kiruvchi O‘zbekistonda 2018-2019 yillarda 22 ta yangi oltin konlari o‘zlashtiriladi, bu haqda 21-fevral kuni Milliy matbuot-markazida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda mis va oltin qidiruv ishlarini bajaradi
Brifingda ta’kidlandiki, uch oy muddatda "O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash", ""O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog" faxriy unvonini ta’sis etish" to‘g‘risidagi qonunlar ishlab chiqiladi va tasdiqlashga kiritiladi.

Shuningdek "Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi qonunga Davlat geologiya qo‘mitasining sohadagi o‘rni va mas’uliyatini oshirish, investitsiyaviy faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi "2018-2019 yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi" to‘g‘risidagi qarorida sohani modernizatsiya qilish hisobiga kon-metallurgiya kombinatlari xom ashyo zahiralarini ko‘paytirish bilan bir qatorda yer osti suvlari zahiralarini keskin oshirish, yangi konlarni tezkor aniqlash choralari ko‘zda tutilgan.

Jumladan 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish hisobiga 50ta yangi konlarni sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan 22 tasi oltin, 3 ta uran, 2 rangli metallar va har xil noruda foydali qazilmalar.

Sharof Rashidovni avanturistga chiqargan g‘oya: O‘zbekistonda oltin konining vujudga kelishi
20 tasi yer osti suvlari konlarini topish hisobiga 6 ta viloyatdagi 2 ta shahar, 12 ta posolka va 220 ta qishloq aholi punktlari (1,34 mln kishi) suv manbasi bilan ta’minlanadi.

Dastur bilan 2-yil mobaynida 785 ta yangi zamonaviy texnika xarid qilinib ishga tushirilishi rejalashtirilgan (48,1 mln.dollar), shundan 66 ta burg‘ulash, 30 ta tog‘-kon, 87 ta laboratoriya, 142 ta geofizika va geodeziya uskunalari hamda avtotransport vositalari.

Bundan tashqari, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi hududlarda joylashgan geologik 6 ta posolkada boshqa hududlardan borib ishlayotgan 64 ta yosh mutaxassislar oilasi uchun 32 ta uy qurib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 6-dekabrda "O‘zbekiston qattiq foydali 4 qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati xalqaro konferensiyasi" o‘tkazildi. Unda 30 dan ortiq chet el kompaniyalari ishtirok etdi va 5 ta kelishuvlar imzolandi.

O‘tgan davr mobaynida xorijiy investorlar bilan jami 12 ta istiqbolli maydonlarni geologik o‘rganish va 6 ta konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Ular qatoriga Rossiyaning Rosgeoperspektiva, Kanadaning B2Gold, Koreyaning Shindong Resorsiz, Turkiyaning TUMADva boshqa qator kompaniyalar kiradi.