O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi tayinlandi

Ba lavozimga ilgari O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi bo‘lib ishlagan Ergash Shaismatov tayinlangan
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2018-yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ergash Shaismatov Toshkentdan Dushanbega jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Samarqand viloyatidan Tojikistonga o‘tish mumkin bo‘ladi

U ilgari O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ilgariroq, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun O‘zbekiston poytaxti markazidan yer ajratilishi haqida xabar bergan edik. Qurilish ishlari Tojikiston budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.