O‘zbekiston Rossiyaning yettita regionida Migratsiya agentligi markazlarini ochadi

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan 3,5 millionga qadar o‘zbekistonlik migrantlar mehnat qilishmoqda
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi Rossiyaning yettita regionida o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri tashkilotdagi manbasiga tayangan holda.

"Mehnat migratsiyasi": O‘zbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?
"Birinchi vakolatxonasi joriy yilning o‘zida, Moskvada ochilishi mumkin. Ammo hozircha bu haqda aniq ma’lumot yo‘q. Keyinchalik shu singari tuzilmalar Sankt-Peterburg, Novosibirsk va boshqa shaharlarda paydo bo‘ladi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil Samarqand viloyatida fuqarolarni kasbga o‘rgatish va tayyorlash markazi tashkil qilingan, bu yil shunga o‘xshash markaz Farg‘onada ham tashkil etiladi.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan 3,5 milliongacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishmoqda. Ularning kattagina qismi O‘zbekistondan tashkillashtirilmagan holatda chiqib ketishmoqda. Ya’ni, mehnat migrantlari ikki davlat organlari tomonidan tashkil qilingan qonuniy kanallardan foydalanishmayapti.

O‘zbekiston tomon ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil Rossiyaga ishlash uchun rasman 922 nafar o‘zbekistonlik yuborilgan. Rossiya IIV esa bir paytning o‘zida 2017-yilning yanvar oyidan sentabr oyiga qadar 3,1 million nafardan ziyod o‘zbekistonliklar migratsiya uchetiga olinganliklari haqida xabar qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida bu sohada bitimning mavjud emasligi ham ancha vaqt ushbu masalani yanada murakkablashtirib kelayotgan edi.

Moskvada ko‘cha supuruvchilar necha pul maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Ammo o‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifidan so‘ng bu masalada prinsipial kelishuvlarga erishildi — Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolashgan edi.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida ushbu hujjat kuchga kirdi.

Bu yil O‘zbekiston uyushgan holatda Rossiyaga 50 mingdan ziyod migrantlarni yuborishni rejalashtirgan.