Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 60 metrlik fura yetti kilometrlik navbatni hosil qildi

"Bu yerda yetti kilometrlik navbat hosil bo‘lgan. Hammasi to‘xtab qolgan. Bir sutkada faqat 800 metr siljish yuz berdi. Yuk mashinalari haydovchilari bir-biridan yegulik so‘rab yurishibdi", - deb hikoya qilgan yuk mashina haydovchilaridan biri
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida transport tirbandligi yuzaga keldi, deb xabar berdi Podrobno.uz nashri BNews.kz tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, katta yuk mashinalari ikkinchi sutkadir-ki, bojxona ko‘rigidan o‘ta olmayapti. Bu dalnoboyshiklarning yo‘lini to‘sib qo‘ygan ulkan fura tufayli yuz berganligi ta’kidlangan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalalarini muhokama qildi
Nashr shuningdek, dalnoboyshiklarning e’tirozini ham keltirib o‘tgan.

"Uch sutkadan beri turibman. Bu odamni ustidan kulishdan boshqasimas. Oqshomlari noma’lum kimchalar yigitlarning pritsepidagi eshiklarga qo‘yilgan plombalarni ochib ketmoqda. Shuning uchun navbat qilishga to‘g‘ri kelyapti. Ayrim haydovchilarning viza muddati tugab bormoqda", — degan ular.

Haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, tirbandliklar 21-fevral kuni yuzaga kelgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, "Yallama" postida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tishi kerak bo‘lgan 200ga yaqin furalar to‘planib qolgan.

"Bu yerda yetti kilometrlik navbat hosil bo‘lgan. Hammasi to‘xtab qolgan. Bir sutkada faqat 800 metr siljish yuz berdi. Yuk mashinalari haydovchilari bir-biridan yegulik so‘rab yurishibdi", — deb hikoya qilgan yuk mashina haydovchilaridan biri.

Ushbu vaziyatga Janubiy-Qozog‘iston viloyati bojxona nazorati boshqarmasida izoh berishgan.

Rahbariyatning so‘zlariga ko‘ra, katta yuk mashinalari sonini 140tagacha qisqartirishga erishilgan.

O‘zbekiston elektr energiyasi uchun Qozog‘istondan bo‘lgan qarzidan to‘liq qutuldi
"Tirbandlik — og‘irligi 305 tonna va uzunligi 60 metrlik mashina tufayli yuzaga keldi. U yo‘lni to‘liq to‘sib qo‘yib, ikki kun davomida darvozadan kirgan. Hozir u postdan o‘tdi, biz esa boshqa furalarni o‘tkazmoqdamiz. Bu furaga O‘zbekiston tomondan ruxsat beruvchi hujjatlarni kutapmiz. O‘zbekistondan "ruxsat" degan ishora kelishi bilan, biz uni o‘tkazib yuboramiz", — deb aytgan Janubiy Qozog‘istondagi Davlat daromadlari departamenti Bojxona nazorati boshqarmasi rahbari vazifasini bajarayotgan Timur Mirzagalikov.

Suhbatdosh shuningdek, ushbu avtomashina Qozog‘istonga qaytadigan bo‘lgan taqdirda ham xuddi shunday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlagan.