Ozarbayjonda Eronga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

17 fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Eronga o‘tish uchun Ozarbayjon chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida Ozarbayjon davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Ograjdeniya na granitse
O‘zbek-afg‘on chegarasida ikki nafar nolegal qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan. Tezkor choralar natijasida chegara buzuvchilar qo‘lga olindi – ular to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayol va ularni Eronga o‘tkazmoqchi bo‘lgan ozarbayjonlik erkak bo‘lib chiqdi.

O‘sha kuni Yardimli tumanidagi Deman qishlog‘i hududida Eronga noqonuniy tarzda o‘tishga uringan ikki nafar ayol — O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ushlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.