TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini qabul qilish uchun kvotalar sonini ko‘paytirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu haqdagi muzokaralar ayni vaqtda Koreyada bo‘lib turgan Aholi bandligi va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyalari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Shu bilan birga, 2007-yildan 2016-yilgacha 27 ming nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada qonuniy ishlash huquqini qo‘lga kiritgan.
Ushbu holatni o‘nglash uchun migrantlarni qabul qilish kvotasini ko‘paytirish, shuningdek, ularni Koreya iqtisodiyotining boshqa sohalariga ham jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Tez kunlarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida ochilishi ko‘zda tutilgan O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi bu jarayonda yordam berishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi malakali kadrlarni tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqda.
Buning uchun O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga o‘qish va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketishga tayyor fuqarolarni tayyorlaydigan o‘quv markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.