Mirziyoyev Buxoroda baliqchilik sohasini rivojlantirishga ko‘rsatma berdi

Ushbu soha uchun qo‘shimcha yuz milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Baliqchilik sohasining rivoj topishi salomatlikni mustahkamlash bilan bir qatorda go‘sht narxini arzonlashtirishga imkon berishi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi, deb xabar berdi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.

Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonda baliqchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi
"Buxoro tumanidagi "Buxorobaliqsanoat" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishgan prezident Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi", — deyiladi xabarda.

"Buxorobaliqsanoat" tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi", — debta’kidlagan davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida  "Buxorobaliqsanoat" korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.