Krganov: Muhammad al-Buxoriyning mehnatlari - diniy ekstremizmdan davodir

Moskva musulmonlar boshqarmasi muftiysi Albir Krganov diniy esktremizmga qarshi kurash usullari haqida gapirdi
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Sputnik radiosida suhbatda Albir Krganov O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda qadimdan o‘ta kuchli an’anaviy islom diniy maktablari bo‘lganligi haqida aytib o‘tdi.

Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi
Krganovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi madrasalarda tahsil olgan rossiyalik hazratlardan birortasi ekstremist yoki radikal g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanmagan.

"Men o‘z faoliyatim taqazosi bilan Jamoatchilik palatasida radikal islomga qarshi kurashish bilan shug‘ullanaman. Biz uning asl ildizi nimada, unga qarshi qay tarzda kurash olib borish degan savollarni o‘zimizga berganmiz. Biz bu borada O‘zbekistondan tajriba o‘rganishimiz lozim. Ekstremizmning davosi — Buxoro diniy maktablarida, Sharqning buyuk hadisshunos olimlari mehnatlarida, birinchi navbatda Muhammad al-Buxoriyning asarlaridadir", — deb ta’kidladi muftiy.

U shuningdek, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish kishini ma’naviy-axloqiy jihatdan chiniqtirishi, an’anaviy islom an’analari bilan yaqindan tanishtirishini ta’kidladi. Radikal islom targ‘ibotchilari esa, aksincha, muqaddas qadamjolar, xususan, islom madaniyatining buyuk namoyondalari qabrlarini ziyorat qilishni va ularga sig‘inishni ta’qiqlaydi.