TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" ("Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana") jurnali yopiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnali tahririyati" davlat unitar korxonasini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Jurnalning birinchi soni 1919-yilda "Turkiston xalq xo‘jaligi" ("Narodnoe xozaystvo Turkestana") nomi ostida nashrdan chiqqan edi. Bugungi kungacha jurnalning nomi olti marta o‘zgargan. Jurnal O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tasarrufida bo‘lgan.
Prezident qarorida jurnalni yopish sabablari aytilmagan. Ammo buning sabablari aniq – jurnal zararga ishlagan va faqatgina davlat ko‘magida, xususan, obunaga yordam qilinishi hisobiga chop etib kelingan. Biroq bugunga kelib majburiy obuna o‘tmishga aylanmoqda va aksariyat gazeta-jurnallar moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda.