Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni nima kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev IIVga ikki oy ichida shahar hududida noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar muammosini hal qilishni topshirdi. IIV xodimlariga haydovchi ishtirokisiz protokol tuzishga ruxsat berilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Yaqin vaqt ichida huquqni saqlash organlari YTH va katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgan muammolardan biri – avtomobillarni noto‘g‘ri parkovka qilish muammosini hal qilishga kirishishadi.

Toshkent aeroporti yaqinida 800 avtomobilga mo‘ljallangan parkovka paydo bo‘ladi

Prezident amaldagi qonunlarga inspektorlar vakolatini kengaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritishni topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyevning yangi qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi Aprel oyining o‘rtasigacha, yetakchi xorijiy tajribani o‘rgangan holda, o‘zboshimchalik bilan tashkil qilingan avtomobil turar joylariga qarshi kurash choralarini ko‘rishni topshirdi.

Xususan, IIV amaldagi qonunlarga to‘xtash qoidalarini buzgan avtomobillarni haydovchi ishtirokisiz qayd qilish huquqini beruvchi o‘zgartishlar kiritishi kerak. Shunday qilib, bir necha oy ichida YHXB inspektorlari noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar uchun jarima bayonnomalarini haydovchi ishtirokisiz tuzish huquqiga ega bo‘ladi.

Jizzaxda 100dan ziyod avtomobillar hibsga olindi

Bugungi kunda esa O‘zbekiston ko‘chalarida, ta’qiqlovchi belgilar bo‘lishiga qaramasdan, har kim o‘z avtoulovini istagan joyda qoldirib ketmoqda. Svetoforlar ostida, yo‘lning ikkinchi hatto uchinchi qatorilarida parkovka qilingan avtomobillar harakat erkinligi va xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Kirakashlar esa o‘z avtomobillari bilan yo‘lovchi o‘tish yo‘laklarini, avtobus bekatlarini, kichik va yon yo‘llardan  chiqish joylarini to‘sib qo‘yishni yaxshi ko‘rishadi. Ko‘p qavatli uylar oldida ham noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobil tufayli ko‘plab mojarolar kelib chiqmoqda. Umuman aytganda, ayrim haydovchilarning o‘zgarlarni nazar-pisand qilmay, surbetlarcha hamma o‘tadigan yo‘lni to‘sib qo‘yishi barchaning joniga tekkan.

To‘g‘risini aytganda, oxirgi 10-yil ichida YHXB ham faoliyatining ushbu qismiga yetarlicha e’tibor bermayotgan edi. Inspektorlar noto‘g‘ri parkovka qilgan haydovchilar bilan ovvora bo‘lib o‘tirishni istashmas edi, chunki ularni jarimaga tortish, avtomobilni evakuatsiya qilish – o‘ta burokratlashgan jarayon edi.

Narushenie pravil parkovki v Tashkente
Shuni aytib o‘tish kerak-ki, Yevropa mamlakatlarida avtomobilni evakuatsiya qilish faqat u asosiy transport oqimiga xalal bergan holda amalga oshiriladi. Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarga esa – jarima solinadi, xolos.

Ko‘pgina MDH mamlakatlarida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari, fuqarolar tomonidan suratga olingan, noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar qayd etilgan foto va videolarni qabul qilib, qoidabuzarlarni jazolamoqda.

Toshkentda ham ana shunday amaliyotlar qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.