TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkent aeroporti yaqinida 800 avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtomobil to‘xtash joyi qurilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, “Toshkent” vokzali va ippodrom yaqinida ham avtomobil to‘xtash joylarini qurish rejalashtirilmoqda, dedi Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Rahmatullayev “Xalq so‘zi” gazetasiga bergan interyusida.
Ayni vaqtda “Samarqand Darvoza” savdo ko‘ngilochar markazi hamda “Chorsu” bozori ro‘parasida mana shunday ko‘p qavatli to‘xtash joylardan biri muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.