Toshkent IIBB boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent IIBB rahbari Bahodir Qurbonov Mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston FVV sobiq rahbari Rustam Jo‘rayev Toshkent IIBB boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi "Uznyus" nashri.

General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Mazkur lavozimda Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan Bahodir Qurbonovning o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Jo‘rayev FVV rahbari etib 2017-yilning 18-mart sanasida tayinlangan edi.

Avvalroq Jo‘rayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.