TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha yetib borolmagan 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi Podrobno.uz.
Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.
Mahalliy politsiyachilar yo‘lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan ta’minlanishdi.
Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.
Yo‘lovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qo‘yilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga o‘tkazilgan.
Bu o‘tgan ikki oy ichida Qozog‘iston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.