Yomg‘ir va qor: O‘zbekistonga yana sovuq havo oqimi kelmoqda

Shu haftada O‘zbekistonda sovuq havo oqimi kirib kelishi va qor yog‘ishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 14-17 fevral kunlariob-havo bashorati ma’lum qilindi.

Qamchiq dovonidagi qutqaruvchilar maxsus yo‘ltanlamasga ega bo‘lishdi

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 14-fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 15-17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Harorat 14-fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 15-17 fevralda kechasi 10-15 daraja sovuq; Usturtda 18-20 daraja sovuqgacha bo‘ladi, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi. Xorazm viloyatida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 14-15 fevralda 1-6 daraja sovuq bo‘ladi, 16-17 fevralda 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14-15 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 15-fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 16-17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Harorat 14-fevralda kechasi 2-7o iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15-17 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi; cho‘l hududlarda 14-fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 15-17 fevralda kechasi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi; kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi.

O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo oqimi kelmoqda

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14-15 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 15-fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 16-17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Harorat 14-fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15-fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuqgacha, 16-17 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14-15 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 15-fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 16-17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 14-fevralda 4-9 daraja iliq, 15-17 fevralda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.

Noodatiy sovuq havo: Bishkekda yagona bo‘lgan elektr stansiyada kuchli avariya sodir bo‘ldi

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14-16 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 15-16 fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan 17-22 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat kechasi 14-15 fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 16-17 fevralda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 14-fevralda 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 15-17 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 14-16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14-15 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 17-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat 14-fevralda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi, 15-17 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi.