TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun, 12-fevral kuni Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga qarashli samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti milliy avikompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda.
"HY 637 reys bo‘yicha Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga mahalliy vaqt soat 11:34da uchgan A-320 samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchining yuragi bezovta qilib, mazasi qochib qoldi", — dedi aviakompaniya vakili.
Matbuot xizmati ta’kidlashicha, yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yo‘lovchining xavfsizligi uchun uni Samara shahrida qoldirish to‘g‘risida qaror qilindi.
Samolyot 143 nafar yo‘lovchi bilan mahalliy vaqt soat 14:48da Sankt-Peterburgga uchib ketdi, deb qo‘shimcha qildi aviakompaniya vakili.