Xodjayeva: davlat boshqaruv organlarida ayollar atigi 17 %ni tashkil qiladi

Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayevaning fikricha, mamlakatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarida ayollar ozchilikni tashkil qiladi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva Sputnik O‘zbekiston muxbirining "O‘zbekistonda ayollarning hozirgi holati qanday?" degan savoliga javob berar ekan, respublikaning davlat boshqaruv organlarining barcha darajalarida ayollar soni kam ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekistonga ayollar bilan ishlaydigan yangi qo‘mita kerak - Sayyora Xodjayeva

"O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning rolini faollashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatda xotin-qizlar huquq va erkinliklarini ta’minlovchi qonunchilik asoslari yaratilgan. Ushbu yo‘nalishda xotin-qizlar borasida kelgusida davlat siyosatini rivojlantirish va ularning huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirishga qaratilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Siyosiy va qonunchilik choralari shaklida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashda erishilgan yutuqlarga qaramasdan, gender tenglikka erishish jarayoni sekinlik bilan davom etmoqda va mamlakatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatida ayollar soni kamchilikni tashkil qiladi", — deb ta’kidladi Sayyora Xodjayeva.

Zamonaviy o‘zbek ayoli biznes-ledi bo‘lishi kerak - Sayyora Xodjayeva

Huquqshunos Sputnik O‘zbekiston muxbirining "O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika Parlamentiga yo‘llagan murojaatnomasida ayollar respublikada juda qiyin holatda qolganligi, shu jumladan xotin-qizlar qo‘mitalari raislari tomonidan yetarli daraja ish qilinmayotganligini aytib o‘tgandi. Bu fikrlarga qo‘shilasizmi?" degan savoliga ham javob berdi.

"Umuman olganda men davlat rahbarining fikriga qo‘shilaman. O‘z vaqtida ayollarni faollashtirish va qaror qabul qilish darajasida ayollarni faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 1995-yil 2-martda "O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda 2004-yil 24-mayda "O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonlari, shuningdek bu masala bo‘yicha bir qator Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingandi. Bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini joriy etish bo‘yicha maxsus choralar qabul qilindi", — dedi Xodjayeva.

Adliya polkovnigi Sayyora Xodjayeva IIBB inson huquqlarini poymol etayotganini ta’kidladi

Shuningdek, Xodjayeva viloyat va tumanlarda hokim o‘rinbosarlari — viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rinbosari lavozimlari joriy etilganligi, bu xotin-qizlarning notengligini bartaraf etish va O‘zbekistonda ayollar salohiyatini rivojlantirishga, jamiyatda xotin-qizlarning rolini yanada oshirishga qaratilganligi ta’kidlab o‘tdi.

"Shubhasiz, bu tuzilmalar, ular tashkil qilingandan beri, ayollarni faollashtirish uchun ijobiy ishlar qilishdi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ayollarning huquqiy tengsizligini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan vaqtinchalik chora-tadbirlar ayollarning salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, ammo ular hozirgi vaqtda yetarli bo‘lmayapti.

O‘zbekiston ayollari o‘zgarmoqda
Boshqa davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston tajribasi va amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, ayollarning barcha davlat va hukumat idoralarida vakolatini hukumatning rejalashtirilgan strategik dasturlari asosida hal etish zarurligi va muvozanatni tenglashtirishga erishish uchun maxsus tadbirlarni qo‘llashi, ayollarni ijro etuvchi va vakillik organlariga — hokimiyat, sud, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyat sektoriga to‘liq jalb qilinishiga erishish zarur.

Bir tomondan, joriy qilingan institut o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonda ayollar maqomini ko‘tardi, albatta, ayollarning salohiyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shdi. Biroq, ushbu lavozimlarni ayollar bilan to‘ldirish, o‘n yillar davomida umuman respublika bo‘yicha davlat hokimiyat idoralarida, hukumat va parlamentda, hatto viloyat, shahar va tuman miqyosida ishlaydigan ayollarning zaruratsizligi yoki foydasizligi haqida stereotip aydo bo‘lishiga olib keldi. Buning natijasida joylardagi saylanadigan va tayinlanadigan davlat hokimiyat organlarida ayollar soni atigi 17,1 foizni tashkil qiladi. Davlat boshqaruv organlaridan ayollar kamligi, hattoki 35-40 foizni ham tashkil etmaganligining asosiy sababi shu steriotiplar bilan izohlash mumkin", — deb yakun yasadi Xodjayeva.