O‘zbekistonda OVIR o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston OVIRi qator xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatdi
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi qator xizmatlar ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatmoqda, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, respublika OVIRi yangi binoga ko‘chishi munosabati bilan 2018-yilning 5-fevral kunidan 11-fevral kuniga qadar xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatadi.

O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun alohida pasport bari bir joriy etiladi
Xususan:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi yo‘q shaxsning xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

2. Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish;

Chet elga chiqish pasporti qachon joriy etilishi aytildi
4. Chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish;

5. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish;

6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida qayd varag‘ini rasmiylashtirish.

7. Haydovchilik hamda avtomototransport vositalarini qayd qilish guvohnomalarini rasmiylashtirish xizmatlari to‘xtatilgan.