TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturida nikohni qayd qilish va bekor qilish qoidalarini kiritish ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shuningdek, nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida ataydan noto‘g‘ri ma’lumotlar beradigan rahbarlar va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Nikohni qayd etish muddati uzaytiriladi. Jiddiy qaror borasida mulohaza uchun bir oylik muddat yetarli emas, deb topilgan.
Nikohni bekor qilish faqatgina sud orqali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, er-xotinga beriladigan yarashish muddati bir yilga uzaytiriladi.
Ajrashish tashabbusi bilan chiqqan tomon ikkinchi tomonga tovon puli to‘lashi singari jahonda keng qo‘llanilib kelayotgan amaliyot O‘zbekistonda ham hayotga tatbiq etilishi rejalashtirlmoqda.
2018 yilda ishlab chiqilgan normalarga o‘zgartishlar kiritilishi mumkinligi ham eslatib o‘tilgan.