O‘zbekiston sovet davridagi isitish tizimlaridan voz kechmoqda

Eski sovet davrida qurilgan issiqlik tizimlari o‘rniga, texnik yo‘qotishlar darajasini pasaytiradigan, svet o‘chishi miqdorini kamaytiradigan zamonaviy tizim yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Samarqandda zamonaviy issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi STV nashri.

Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi
O‘zbekistonning beshta shahrida 240 mingdan ziyod aholiga issiqlik va issiq suv ta’minotida samarali va sifatli xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu joriy yil 25-yanvar kuni Butunjahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan "Energiya samaradorligini oshirish va markaziy issiqlik ta’minotini modernizatsiyalash" loyihasi tufayli amalga oshiriladi.

Loyiha Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan ajratilayotgan 140 million miqdordagi kredit evaziga moliyalashtiriladi, deb xabar qilgan bank matbuot-xizmati.

O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida isitish va issiqsuv ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati so‘nggi yillarda yomonlashgan, ayrim shaharlarda esa bunday xizmatlar umuman mavjud emas. Ko‘plab oilalar uyni isitish uchun sog‘liq uchun zararli, ishonchsiz va qimmat vositalardan foydalanishmoqda, xususan ko‘mir pechlari shular jumlasidandir, deb yozadi nashr.

Mamlakatning ayrim regionlarida bolalar bog‘chalari va maktabgacha ta’lim muassasalari qish-kuz mavsumida isitishdan mahrum va shu tufayli bolalarni ular uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bilan ta’minlab bera olmayapti, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Sovet davrida ishlab chiqilgan markaziy issiqlik ta’minoti korxonalari bugungi kunda qator sabablarga ko‘ra hayot uchun yaroqli emas. Issiqlik energiyasi uchun tariflar uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qoplamayapti, yetkazib berilgan xizmatlar uchun yig‘ilayotgan to‘lovlar past va magistral hamda taqsimlovchi tarmoqlarda issiqlik va issiqsuv yo‘qotishlari esa yuqoriligicha qolmoqda, deb ta’kidlangan xabarda.

Barcha davlat organlari 5-yildan so‘ng issiq suv ta’minotidan mahrum bo‘ladi
Yangi loyiha esa zamonaviy modeldagi markaziy issiqlik ta’minotini singdirish orqali yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan. Bu kabi tizim O‘zbekistonda ilk marotaba qo‘llaniladi.

Yangi loyiha tufayli Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkent(Sergeli tumani)dagi ko‘p xonadonli uylarning issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari yaxshilanishi ta’kidlangan.

Butunjahon banki ayni vaqtda O‘zbekistonda umumiy hajmi 2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 16 ta loyihalarni hayotga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Loyihalar qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, sog‘liqnisaqlash, ta’lim, shahar taraqqiyoti, suv bilan ta’minlash va sanitariya sohalarining isloh qilinishiga qaratilgan.