Bolaning begonasi bo‘lmaydi: tanasida ignalar topilgan bolakay ahvoli ijobiy baholanmoqda

Hozirgi vaqtda bolakay jonlantirish bo‘limida, davolash bo‘yicha barcha harajatlar davlat tomonidan ta’minlanmoqda
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Facebookdagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom" guruhida tanasida 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan 11 oylik chaqaloq yotgan shifoxonaga borib, boladan xabar olib yurgan o‘zbekistonlik Elbek Tadjiyev video lavha joylashtirgan.

Videoda foydalanuvchi kasalxonaga 4-5 marta kelib, shifokorlardan chaqaloq ahvoli haqida so‘rashga harakat qiladi.

Tanasidan igna topilgan bolakay hayotiga suiqasd qilinganmi? Idoralar javobi
"Mana Chilonzor tumanidagi joylashgan 16-chi shahar shifoxonasiga bola ahvolini bilish uchun keldim. Shifokorlar Azizbek tirik, ahvoli, yurak urishi yaxshi, kasha yemoqda ekan, shishlari qaytgan, o‘zgarishlar bor, deb aytishdi. Uch-to‘rt kundan keyin yana kelamiz", — deb aytadi videoda Elbek.

Sputnik muxbiri Elbek Tadjiyev bilan bog‘lanib, unga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

- Shifokorlar bolaning ahvoli haqida nimalarni aytishmoqda?

— Hozirgi kunda chaqaloqning ahvolini shifokorlar ijobiy baholamoqdalar. Shifokorlar ham umid bilan bolaning tuzalib ketishini kutmoqdalar. Yaxshi tomonga o‘zgarishlar bor.

- Nima sababdan boladan xabar olib yuribsiz?

Tanasidan ignalar topilgan bolakay vafot etmagan
- Kechqurun mish-mishlar tarqalib ketdi, go‘yoki bola o‘lganmish. Bu xabarni eshitib, o‘zimning ham farzandim bo‘lgani uchun chiday olmasdan kasalxonaga bordim. Taxminan kechqurun soat 3 larda mish-mishlarga chek qo‘ydim. Bolaning tirikligini zamondoshlarimizga yetkazdim. Men o‘ylaymanki, bu bizning jamiyatdagi burchimizdir. Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Mening ichim achigani uchun boladan xabar oldim, boshqa hech qanday sabab yo‘q.

- Shifoxonada bolaning ota-onasi, yaqinlari bormi?

— Shifoxonada bolaning ota-onasi bor. Qorovullar bilan suhbatlashganimda otasi kechayu-kunduz shifoxonada o‘tirganini ta’kidlashapti.

- Sizdan boshqa yana kim bola holidan xabar olyapti?

— Bu savolga aniq javob berishim qiyin, lekin ma’lumotlarga ko‘ra, juda ko‘p odamlar xabar olib turibti.

- Bolaga zarur bo‘lgan dorilar haqida ma’lumotingiz bormi?

O‘zbekistonda go‘dak tanasidan 16 dona igna topildi
- Bolaga yordam kerakmi deb so‘raganimda, shifokorlar davlatimiz tomonidan hamma narsa qilinayotganini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishdi. Ignalar bola tanasida bir oy davomida bo‘lgan. Shifokorlar bolada ignalarni uning onasi murojaat qilgandan so‘ng, rengent qilingach aniqlashgan. Go‘dak zudlik bilan Toshkendagi Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazida operatsiyaga yotqizilgan. 9 soatlik jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi.

Ushbu holat yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.