O‘zbekiston Tojikistonga suv yetkazib berishni boshladi

O‘zbekiston chegara yaqinida joylashgan So‘g‘d viloyati Asht tumani yerlarini qishki sug‘orish ishlari uchun suv yetkazib berishni boshladi
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston chegara yaqinidagi So‘g‘d viloyati Asht tumani yerlarini qishki sug‘orish uchun suv yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi Podrobno.UZ nashri Tojikiston OAVlarga tayangan holda.

Tojikiston va O‘zbekiston Farhod GESi borasida kelishuvga erishdi

Asht tumani raisi Zarif Mirdado 2017-yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

"Endi suv bizga shimoliy Farg‘ona kanalidan kelmoqda. Biz qo‘shni respublika bilan hamkorlikdagi kuchlar bilan ushbu kanalning 6 km hududini tozaladik. O‘zbekiston yonilg‘i, biz esa texnikani berdik", — dedi Mirdado.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Asht yerlariga suv 2017-yil yakunidan hozirgi vaqtgacha kelmoqda.