O‘zbekistonda yevro kursi 10 ming so‘mdan oshib ketdi

O‘zbekiston Markaziy banki 30-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 30-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Toshkent valyuta qora bozori: 800 dan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,84 so‘mga oshdi va 8175,77 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 167,36 so‘mga qimmatlashib, 10146,13 so‘mga yetgan.

1 Rossiya rubli 1,16 so‘mga qimmatlab, 145,24 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.